Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» muxlislari uchun xushxabar

«Inter» muxlislari uchun xushxabar

Baho:
+ | -

«Inter» muxlislari uchun xushxabar. Jamoa sardori Lautaro Martines jarohatidan tiklandi va Italiya chempionatining navbatdagi turi doirasidagi «Roma»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Lautaro Martines oxirgi marta 18 fevral kuni Chempionlar Ligasining o‘tish bosqichi doirasida «Budyo-Glimt»ga qarshi kechgan birinchi o‘yinda «Inter» safida maydonga tushgan edi.

Hozirda «Inter» Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Milan» o‘z qo‘shnilaridan olti ochko orqada qolmoqda.

A Seriyaning «Roma»ga qarshi o‘yinini «Inter» yakshanba kuni, 5 aprel sanasida o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanishi belgilangan.

Kiritildi: 08:33, 30.03.2026.
O'qildi: 353 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик