Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Jahon chempionatiga 2 oy qolganda Gana terma jamoasi bosh murabbiyi bilan xayrlashdi

Jahon chempionatiga 2 oy qolganda Gana terma jamoasi bosh murabbiyi bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Germaniya bilan bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvidagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, Gana terma jamoasi bosh murabbiy Otto Addoni iste’foga chiqardi. Bu haqda Gana futbol federasiyasining rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Gana futbol assosiasiyasi (GFA) erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Otto Addo bilan xayrlashdi. Ushbu qaror darhol kuchga kiradi», — deyiladi tashkilot e’lon qilgan rasmiy bayonotda.

Addoning o‘rnini kim egallashi yoki iste’foning asl sabablari haqida qo‘shimcha tafsilotlar berilmagan.

Murabbiyning vazifasidan ozod etilishi terma jamoaning muvaffaqiyatsizliklar seriyasi fonida yuz berdi — jamoa o‘rtoqlik o‘yinlarida ketma-ket to‘rt bor mag‘lubiyatga uchradi. So‘nggi bahsda Germaniyaga imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, bundan avval Gana termasi Avstriyadan 1:5 hisobida qaqshatqich zarba qabul qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Addo 2024 yilning mart oyida Dortmundning «Borussiya» klubidagi iqtidorlarni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis lavozimini tark etib, ikkinchi bor milliy jamoa jilovini qo‘lga olgandi. U 2022 yilgi Qatarda o‘tgan Jahon chempionatida ham Ganani boshqargan bo‘lib, o‘shanda jamoa Janubiy Koreya ustidan g‘alaba qozongan, biroq guruh bosqichidayoq turnirni tark etgan edi.

Gamburgda tug‘ilgan Otto Addo futbolchilik faoliyati davomida «Borussiya Dortmund» safida Bundesliga g‘olibi bo‘lgan va 2006 yilgi Jahon chempionatida Gana sharafini himoya qilgan. Ayni damda Gana terma jamoasi o‘z tarixidagi beshinchi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoa «L» guruhida Xorvatiya, Angliya va Panama bilan kuch sinashadi. Ilk uchrashuv 17 iyun kuni Torontoda Panamaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:43, 31.03.2026.
O'qildi: 1130 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик