Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Pato: "Hech qachon o‘zimni yangi Ronaldo deb his qilmaganman"

Pato: "Hech qachon o‘zimni yangi Ronaldo deb his qilmaganman"

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Aleshandre Pato faoliyatining ilk bosqichida jahon chempioni Ronaldo bilan qiyoslanishi, shuningdek, o‘zini to‘liq ko‘rsatishiga xalaqit bergan jarohatlar haqida gapirib berdi.

"Agar bolaligingizda Braziliyada yashasangiz va futbolda biror ajoyib ish qilsangiz, odamlar sizga yangi Pele yoki Ronaldo ekaningizni aytishadi. Men "Milan"ga o‘tganimda ham shunday deyishgandi: "Oh, bu xuddi yangi Ronaldo-ku!" Lekin men hech qachon o‘zimni bunday his qilmaganman. Men shunchaki futbol o‘ynashni yaxshi ko‘rganim uchun mashq qilardim. Dunyoning eng zo‘r ustalari yig‘ilgan jamoada to‘p surardim.

Jarohatlar — futbolchilik faoliyatining eng og‘ir jihatlaridan biridir. Odamlar faqat o‘yinlarni ko‘rishadi, lekin jarohatdan tiklanayotgan futbolchilarning uzun ro‘yxatiga e’tibor berishmaydi. Bunday vaziyatda sen faqat maydonga qaytishni xohlaysan. Birinchi, ikkinchi, uchinchi jarohatlarimdan keyin bir-ikkita o‘yinda qatnashardim va yana shikastlanardim", — deya Patoning so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Kiritildi: 21:40, 31.03.2026.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик