Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Olmaliqda tug‘ilgan Valdemar Anton «Manchester Yunayted» radarida

Olmaliqda tug‘ilgan Valdemar Anton «Manchester Yunayted» radarida

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Valdemar Anton «qizil iblislar»ning navbatdagi transfer oynasi uchun asosiy nishoniga aylandi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Bundan 29 yil avval O‘zbekistonning Olmaliq shahrida tug‘ilgan Anton joriy mavsumda dortmundliklarning ishonchli vakiliga aylandi va jamoa tarkibida 38 ta o‘yinda maydonga tushdi. Shuningdek, u mart oyidagi Shveysariya va Ganaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlariga chaqirilmagan bo‘lsa-da, Germaniya terma jamoasining Jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibidan joy olishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Antonning xizmatlariga Madridning «Atletiko» klubi ham qiziqish bildirmoqda. Madridliklar himoyachini hali u «Shtutgart» sharafini himoya qilib yurgan yillardayoq o‘z safiga qo‘shib olishga urinishgan edi. Transfermarkt portali Valdemar Antonni 18 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:19, 02.04.2026.
O'qildi: 1283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик