Kirish Ro'yxatdan o'tish

Oliver Glasnerga Bundesliga grandi da’vogar

Oliver Glasnerga Bundesliga grandi da’vogar

Baho:
+ | -

Leverkuzenning «Bayer» klubi «Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasnerga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, avstriyalik mutaxassis «Bayer» rahbariyati tomonidan murabbiylik posti uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Leverkuzen klubi boshliqlarining fikricha, u jamoaning hozirgi ustozi Kasper Yulmann o‘rnini egallashi mumkin.

Ma’lumki, Glasner mavsum yakunida «Kristal Pelas» bosh murabbiyi lavozimini tark etadi. Shu bilan birga, mutaxassis Angliyadan ketmoqchi emasligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Glasner avval ham Germaniyada faoliyat yuritgan. U Frankfurtning «Ayntraxt» va «Volfsburg» jamoalarini boshqargan. Shu yozda avstriyalik murabbiy 52 yoshni qarshi oladi.

Kiritildi: 22:51, 02.04.2026.
O'qildi: 696 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик