Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gabriel Jezus «Arsenal»ning eng yaxshi futbolchisi nomini aytdi

Gabriel Jezus «Arsenal»ning eng yaxshi futbolchisi nomini aytdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Jezus jamoaning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligi haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi.

«Jamoamizdagi bir nechta futbolchini ajratib ko‘rsatish mumkin, lekin men Martinellini tanlayman. U hali faoliyatining boshidayoq meni hayratda qoldirgan edi. Uning kundalik mashg‘ulotlarini kuzatsangiz, uning qanchalik mahoratli ekanligini darrov tushunasiz. O‘yin vaqtida ham bu fazilatlar juda muhim», — dedi Jezus Romario TV telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Martinelli «kanonirlar» safiga 2019 yilda kelib qo‘shilgan, Jezus esa 2022 yildan beri London jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 05:19, 03.04.2026.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик