Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Andrey Shipilov: «Tanaffusda kiyim almashtirish xonasida erkakcha suhbat bo‘ldi»

Andrey Shipilov: «Tanaffusda kiyim almashtirish xonasida erkakcha suhbat bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Superliganing 5-turi doirasida «So‘g‘diyona» - «Qo‘qon-1912» (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Mana 5-turga ham keldik. Bu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. «So‘g‘diyona» murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlarni ham bilardik. Ulug‘bek Baqoyevning jamoalariga qarshi o‘ynash doimo qiyin bo‘lgan. Shuningdek, u bilan murabbiy sifatida yaxshi munosabat o‘rnatganman.

To‘liq birinchi bo‘limni yomon o‘tkazdik. Nega bunday bo‘lganini ko‘rib chiqamiz. Raqiblarga qoyil, ular birinchi bo‘limda o‘z imkoniyatlaridan foydalanishdi va ikkita gol urishdi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘zgarishlar bo‘lishi aniq edi. Tanaffusda kiyim almashtirish xonasida erkakcha suhbat bo‘ldi. Yigitlarga muxlislarimiz qarshisida ikkinchi bo‘limda ham bunday o‘ynashga haqqimiz yo‘q edi. Ikkinchi bo‘limda 2ta gol urdik. Natijani adolatli deb hisoblayman. «So‘g‘diyona» ham biz ham g‘alabani istagandik. Ikkala jamoa uchun ham durang qiziqarli emasdi. O‘z navbatida durang ham jadvalda o‘zgarish qilib bermaydi. Ketma ket uchinchi o‘yin biz 2-bo‘limda gol o‘tkazib yubormadik. «So‘g‘diyona»ga, Ulug‘bek Baqoyevga va o‘z navbatida o‘zimizga ham keyingi o‘yinlarda omad tilayman", — deb fikr bildirdi "Qo‘qon-1912" ustozi.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 17:32, 03.04.2026.
O'qildi: 672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик