Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingi yangilandi (top-10)

Dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingi yangilandi (top-10)

Baho:
+ | -

Transfermarkt portali dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini yangiladi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

Ro‘yxatda birdaniga uch nafar futbolchi peshqadam bo‘ldi — ularning har biri 200 million yevro bozor qiymatiga ega. Ular qatoriga «Barselona» vingeri Lamin Yamal, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland hamda Madridning «Real» klubi forvardi Kilian Mbappe kirdi.

Top-10 ro‘yxatidan yana «Real»ning uch nafar futbolchisi, «Bavariya»ning ikki o‘yinchisi, shuningdek «Barselona» va «Arsenal» vakillari o‘rin oldi.

Transfermarkt versiyasiga ko‘ra dunyoning eng qimmat 10 futbolchisi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Lamin Yamal («Barselona») — 200 mln yevro
2. Erling Xoland («Manchester Siti») — 200 mln yevro
3. Kilian Mbappe («Real») — 200 mln yevro
4. Pedri («Barselona») — 150 mln yevro
5. Vinisius Junior («Real») — 150 mln yevro
6. Jud Bellingem («Real») — 140 mln yevro
7. Maykl Olise («Bavariya») — 140 mln yevro
8. Jamal Musiala («Bavariya») — 120 mln yevro
9. Bukayo Saka («Arsenal») — 120 mln yevro
10. Federiko Valverde («Real») — 120 mln yevro

Qayd etish joiz, reytingdagi eng yosh futbolchi 18 yoshli Lamin Yamal bo‘lib, u allaqachon jahon futbolida bozor qiymati bo‘yicha birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 06:00, 04.04.2026.
O'qildi: 8104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик