Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Rakitich Xabi Alonsoning «Real»dan ketishiga munosabat bildirdi

«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Rakitich Xabi Alonsoning «Real»dan ketishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» va «Sevilya» klublarida o‘ynagan sobiq yarim himoyachi Ivan Rakitich «Real»ning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonsoning faoliyati haqida fikr bildirdi.

«Ha, bu juda achinarli holat. Men Xabini “Real”da, ayniqsa La Ligada, uzoqroq ko‘rishni istardim. Bu yerda qaysi jamoaga muxlis ekaningiz muhim emas — “Barselona”, “Real” yoki “Sevilya”. Men chindan ham afsusdaman, chunki u men uchun futboldagi eng muhim murabbiylardan biri bo‘lib qoladi.

U qayerga bormasin, albatta muvaffaqiyat qozonadi. Katta klublardagi bosimni tushunaman: u “Leverkuzen”da ajoyib ishladi va shundan so‘ng tez orada “Real”dan taklif oldi. Uning tezroq qaytishini umid qilaman. Men Xabini murabbiy sifatida ko‘rishni va undan o‘rganishni istardim», — dedi Rakitich AS nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni «Real» klubi Xabi Alonso bilan hamkorlik o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilganini rasman e’lon qilgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:34, 04.04.2026.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик