Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Saul YECHL finalidagi mag‘lubiyatlar haqida gapirdi

Saul YECHL finalidagi mag‘lubiyatlar haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Atletiko" sobiq yarim himoyachisi Saul Niges 2014 va 2016 yillardagi Chempionlar Ligasi finallarida "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatlar haqida gapirib berdi.

Mag‘lubiyatlar haqida

"Bu siz bilan bir umr qoladigan chandiq. Men uchun gap "Real"ga yutqazishda emas, balki aynan Chempionlar Ligasi finalida mag‘lub bo‘lishda edi. Odamlar keyinchalik Libertadores Kubogidagi g‘alaba bu og‘irlikni bosimdan xalos qildimi, deb so‘rashadi. Kimdir shunday his qilishi mumkin, lekin shaxsan men uchun bitta g‘alaba ikkinchi mag‘lubiyatni o‘chirib yubormaydi".

2014 yilgi finalning so‘nggi daqiqalaridagi Serxio Ramosning goli va qo‘shimcha vaqtdagi mag‘lubiyat haqida

"Eng alamlisi — qanday yutqazganimiz. Ularning goli ofsayddan urilgan edi, keyin biz penaltidan foydalana olmadik va "Real" futbolchisiga qizil kartochka berilishi mumkin bo‘lgan vaziyat bor edi. Bu shafqatsizlik edi. Chempionlar Ligasini haligacha yuta olmaganimiz chuqur og‘riq beradi".

Bosh murabbiy Diyego Simeonening ketish haqida o‘ylagani haqida

"Uning ketish ehtimoli haqida ochiq gapirgani haqiqat. U butunlay tushkunlikka tushgan edi. Unga qanchalik og‘ir ekanini tushunardim, lekin o‘shanda bunday gaplar uchun noqulay vaqt deb o‘ylagandim. Hammamiz ruhan singan edik. Rahbar (Simeone) bunday gaplarni aytganda juda og‘ir bo‘ladi, chunki o‘sha paytda birlashish va yana harakat qilish kerak bo‘lgan vaqt edi", — dedi hozirda "Flamengo" sharafini himoya qilayotgan Saul.

Kiritildi: 14:39, 05.04.2026.
O'qildi: 837 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик