Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nikolas Pas «Komo»da yana bir yil qolishi mumkin

Nikolas Pas «Komo»da yana bir yil qolishi mumkin

Baho:
+ | -

«Komo»ning hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pasning Madridning «Real» klubiga qaytishi faqat vaqt masalasi deb hisoblanmoqda.

Avvalroq turli manbalar «qaymoqranglilar» o‘z tarbiyalanuvchisini joriy mavsum yakunida qaytarib olmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi. Transfer News Live nashrining El Mundo’ga tayanib ma’lum qilishicha, «Real» Pasning shiddatli o‘sishini to‘xtatib qo‘yishni istamayapti, shu sababli qayta sotib olish huquqidan foydalanish uchun 2027 yil yozigacha kutishga tayyor.

21 yoshli argentinalik futbolchi A Seriyada mavsumning asosiy kashfiyotlaridan biriga aylandi. Sesk Fabregas boshqaruvidagi «Komo» jamoasi esa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Real» kelayotgan mavsumlar oralig‘ida Nikolas Pasni bor-yo‘g‘i 8 million yevro evaziga qayta sotib olishi mumkin.

Kiritildi: 03:46, 06.04.2026.
O'qildi: 836 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик