Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Arteta: «Men har qachongidan ham ko‘proq g‘alabaga tashnaman»

Arteta: «Men har qachongidan ham ko‘proq g‘alabaga tashnaman»

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi «Sporting»ga qarshi safar o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz natijalari bizga yaxshi ma’lum bo‘lgan raqibga qarshi o‘ynaymiz. Ular nimalarga qodir ekanligini bilamiz. Men har qachongidan ham g‘alabaga tashnaman, juda hayajondaman va ertangi bahsga maksimal darajada motivlanganman.

Ular o‘z maydonida nimalar qilishganini, ushbu Chempionlar ligasida qanday o‘yin ko‘rsatishganini va qaysi raqiblarni mag‘lub etishganini bilgan holda, o‘yin naqadar qiyin kechishini tushunib turibmiz. Aynan shuning uchun ham biz ushbu uchrashuvni intiqlik bilan kutyapmiz», — dedi Arteta jurnalistlarga.

Ma’lumot uchun, «Sporting» joriy mavsum Chempionlar ligasida o‘z maydonida o‘tkazilgan barcha beshta o‘yinda g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 11:58, 07.04.2026.
O'qildi: 409 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик