Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Joze Mourinyo g‘alaba qo‘ldan chiqarilgach, hissiyotlarga boy matbuot anjumani o‘tkazdi

Joze Mourinyo g‘alaba qo‘ldan chiqarilgach, hissiyotlarga boy matbuot anjumani o‘tkazdi

Baho:
+ | -

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Portugaliya chempionati 28-turida «Kaza Piya» bilan durangdan (1:1) so‘ng keskin fikrlar bildirdi. Ushbu natija jamoaning chempionlik imkoniyatlariga deyarli nuqta qo‘ydi.

«Shuni aytamanki: biz shunchaki ikki ochko emas, balki chempionlik uchun kurashish imkoniyatimizni yo‘qotdik. Endi ikkinchi o‘rin uchun kurashda ham hamma narsa o‘zimizga bog‘liq emas. Birinchi bo‘lim menga yoqmadi. Tanaffusda nimani o‘zgartirish kerakligini tushuntirishga harakat qildim... Chunki oramizda ba’zilar borki, ular xuddi futbol bilan yashamayotgandek, undan nafas olmayotgandek tuyuladi. Go‘yoki ular reallikni unutib qo‘yishgan. Men ularga matematikani tushuntirdim: agar bu o‘yinda g‘alaba qozonmasak, chempionlik poygasi tugaydi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz ancha yaxshilandi, ko‘plab vaziyatlar yaratdik. 1:0 hisobida oldinda borayotganimizda jamoada bo‘shashish kuzatildi. Bor kuchi bilan o‘ynaydigan jamoada bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘sha energiya va «ochlik» sezilmadi. Uchinchi o‘rin haqida gapiradigan bo‘lsak, biz qolgan hamma o‘yinlarda yutqazsak ham bo‘laveradi shekilli.

Raqib futbolchilari maydonga yiqilib, vaqt cho‘zishdi, hakam esa bunga yo‘l qo‘yib berdi. Olti daqiqa qo‘shib berilgani achinarli. Sudya natijaga ta’sir qilmadi, lekin yomon o‘yinga ta’sir qildi. Jamoada yomon odamlar yo‘q, lekin ba’zilar borki, bank hisob raqami va sovrinlaridan qat’i nazar hamisha «och» bo‘ladi, boshqalar esa hayotga juda yengil qarashadi. Ularga xarakter yetishmayapti. Bu meni xafa qiladi», — dedi Mourinyo matbuot anjumanida.

Kiritildi: 14:42, 07.04.2026.
O'qildi: 901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик