Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 0-0 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Kelasi mavsum APLning kamida 5 ta klubi Chempionlar Ligasida o‘ynaydi

Kelasi mavsum APLning kamida 5 ta klubi Chempionlar Ligasida o‘ynaydi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasi (APL) 2026/27-yilgi mavsum uchun Chempionlar Ligasida qo‘shimcha yo‘llanmani muddatidan oldin kafolatladi. Endilikda Angliya chempionatida kuchli beshlikdan joy olgan barcha jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qit’aning eng nufuzli turniri asosiy bosqichiga yo‘l oladi.

Londonning “Arsenal” klubi YECHL chorak finalining dastlabki uchrashuvida Portugaliyaning “Sporting” jamoasi ustidan g‘alaba qozonishi (1:0) bu masalada hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu natija tufayli Angliya UYEFA koeffisiyentlar jadvalida joriy mavsum yakuniga ko‘ra kuchli ikkilikdan joy olishi aniq bo‘ldi.

UYEFA reglamentiga ko‘ra, bir mavsum davomida eng yaxshi koeffisiyent to‘plagan ikki mamlakatga Chempionlar Ligasining yangilangan formatida qo‘shimcha kvotalar taqdim etiladi.

UYEFA koeffisiyentlar jadvali (Joriy holat):

Angliya — 225.125 ochko (Hozirda yevrokuboklardagi qatnashayotgan jamoalar soni: 5). Mavsumiy koeffisiyent: 25.013

Ispaniya — 162.250 ochko (Hozirda yevrokuboklardagi qatnashayotgan jamoalar soni: 6). Mavsumiy koeffisiyent: 20.281

Germaniya — 138.000 ochko (Hozirda yevrokuboklardagi qatnashayotgan jamoalar soni: 3). Mavsumiy koeffisiyent: 19.714

Portugaliya — 94.500 ochko (Hozirda yevrokuboklardagi qatnashayotgan jamoalar soni: 3). Mavsumiy koeffisiyent: 18.900

Italiya — 131.000 ochko (Hozirda yevrokuboklardagi qatnashayotgan jamoalar soni: 2). Mavsumiy koeffisiyent: 18.714

Ma’lumot uchun, ayni paytda Angliya Premyer Ligasi turnir jadvalida “Arsenal” yetakchilik qilmoqda. Pep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” ikkinchi pog‘onani band etgan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” kuchli uchlikni yakunlab turibdi. Keyingi o‘rinlardan “Aston Villa” hamda “Liverpul” joy olgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:08, 08.04.2026.
O'qildi: 1087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик