Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Chempionlar Ligasi chorak finalida "Bavariya"dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. "Qaymoqranglilar" qarama-qarshilikning dastlabki o‘yinida o‘z uylarida imkoniyatni boy berishdi.
"Bernabeudagi og‘ir kecha, ammo bu tarix hali tugamadi. Biz kurashda qoldik. Oxirigacha o‘zimizga ishonamiz", — deb yozib qoldirdi 33 yoshli germaniyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.
Javob uchrashuvi 15 aprel kuni Myunxendagi "Alyans Arena"da bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftlik g‘olibi yarim finalda "Liverpul" yoki "Pari Sen-Jermen" jamoasi bilan to‘qnash keladi.













