Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Simeone Grizmannga murojaat qildi

Simeone Grizmannga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi ustozi Diyego Simeone fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 35 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng "matraschilar" safini tark etadi.

"Shunday ajoyib futbolchi bilan birga ishlash baxtiga muyassar bo‘lganimdan juda xursandman. U mening murabbiylik faoliyatimdagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri. Antuan, o‘z ishingga bo‘lgan sadoqating uchun sendan minnatdorman. Oldimizda La Ligada yana sakkizta, Ispaniya kubogida bitta va umid qilamanki, Chempionlar ligasida beshta o‘yin qoldi", — deya argentinalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, Grizmann "Atletiko" tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Fransiyalik futbolchi hisobida 211 ta gol mavjud.

Kiritildi: 15:03, 08.04.2026.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик