Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Lunin: «Modomiki Noyer eng yaxshi deb topilgan bo‘lsa, demak «Real» ko‘p hujum qilgan»

Lunin: «Modomiki Noyer eng yaxshi deb topilgan bo‘lsa, demak «Real» ko‘p hujum qilgan»

Baho:
+ | -

«Real» darvozaboni Andrey Lunin madridliklar «Bavariya» bilan javob uchrashuvida vaziyatni o‘nglay olishiga ishonadi.

Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida «Real» o‘z uyi «Santyago Bernabeu»da 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«Biz gol o‘tkazib yuborishdan qochishimiz mumkin edi, ammo jamoa yaxshi reaksiya ko‘rsatdi. Agar Noyer o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bo‘lsa, demak biz ko‘p hujum qilganmiz. Biz hali kurashdamiz. Har doim vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish imkoni bor. Javob o‘yini yanada qiyinroq kechadi, lekin biz o‘zimizga ishonamiz. Bu — Chempionlar Ligasi chorak finali. Har qanday holatda ham oson bo‘lmasligini bilardik.

Ma’lum paytlarda past blokda himoyalanishga majbur bo‘lishimizni bilardik. To‘pga egalik qilgan vaqtimizda esa biz ham ustunlik qilishni xohladik.

Javob o‘yinida gol urishga va darvozamiz daxlsizligini saqlashga harakat qilishimiz kerak. Ko‘ramiz, vaziyatni o‘zgartira olarmikanmiz», – dedi Lunin.

Kiritildi: 15:20, 08.04.2026.
O'qildi: 825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик