1990 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Lotar Matteus «Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer nima uchun shu yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga bormasligi haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Noyerning hozirgi versiyasi — dunyo darajasida, u milliy terma jamoada bo‘lishi kerak. Umid qilamanki, Nagelsmann «Real» bilan o‘yinni ko‘rgan. Men Manuel Noyerni aynan shunday formada Jahon chempionatida ko‘rishni juda istardim. Ammo bunday bo‘lmasligini ham bilaman. Yulian Nagelsmann bu eshikni ochmaydi. Aynan shu sababli Manuelning faoliyatini yakunlagani haqidagi so‘zlari o‘z kuchida qoladi», — deya Matteusning so‘zlarini «Bild» nashri keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yulian Nagelsmann «Bavariya»da ishlagan vaqtida, 2023 yilda Manuel Noyer bilan o‘rtasida nizo kelib chiqqan edi. Bunga Noyerning yaqin do‘sti bo‘lgan darvozabonlar murabbiyi Toni Topalovichning iste’foga chiqarilgani sabab bo‘lgandi.













