Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Yuventus» APL klublari qiziqayotgan futbolchisini sotishga qaror qildi

«Yuventus» APL klublari qiziqayotgan futbolchisini sotishga qaror qildi

Baho:
+ | -

«Yuventus» darvozaboni Mikele di Gregorio, ehtimol, klubdagi so‘nggi oylarini o‘tkazmoqda.

Qishda bir qator ishonchsiz o‘yinlardan so‘ng, darvozabon «keksa sinyora»ning asosiy tarkibidagi joyini yo‘qotgan edi. Yaqinda italiyalik posbon maydonga qaytdi va hatto «Jenoa»ga qarshi bahsda (2:0) penaltini qaytarishga ham muvaffaq bo‘ldi, shunga qaramay, klub rahbariyati baribir uni sotish fikrida qolmoqda. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, «Yuventus» mutasaddilari kelayotgan yozda 28 yoshli o‘yinchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Hozirdanoq Angliya Premyer-ligasi vakillari unga qiziqish bildirishmoqda, biroq aniq da’vogarlar nomi hozircha oshkor qilinmagan.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Mikele di Gregorioning bozor qiymati 14 million yevroni tashkil etadi, uning shartnomasi esa 2029 yilgacha amal qiladi.

Kiritildi: 12:16, 09.04.2026.
O'qildi: 1462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик