Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiyo chempionatini 3 ta oltin medal bilan yakunladi

O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiyo chempionatini 3 ta oltin medal bilan yakunladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning final janglaridan so‘ng barcha vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston boks terma jamoasi Osiyo chempionatini 3 ta oltin medal bilan yakunladi. Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari umumiy hisobda 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Oltin medal

-65 kg: Abdulloh Madaminov
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev
-90 kg: Halimjon Mamasoliyev

Kumush medal

-75 kg: Javohir Abdurahimov
-85 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev

Bronza medal

-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunlagan edi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasi Mo‘g‘ulistonda o‘tgan Osiyo chempionatini jami 11 ta medal bilan yakunladi – 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza bilan yakunladi.

Musobaqada to‘liq tarkibda (20 nafar bokschi) ishtirok etgan O‘zbekiston umumjamoa hisobida Qozog‘iston (6 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza) va Hindiston (5 ta oltin, 3 ta kumush, 8 ta bronza) bokschilaridan so‘ng 3-o‘rinni egalladi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 14:59, 10.04.2026.
O'qildi: 651 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик