Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Marsel"ga yangi prezident tayinlandi

"Marsel"ga yangi prezident tayinlandi

Baho:
+ | -

«Marsel» xo‘jayini Frenk Makkort «Velodrom» stadioniga fransuz jurnalistlarini yig‘ib, Stefan Rishar klubning yangi prezidenti etib tayinlanganini rasman e’lon qildi. Bu haqda GFFN nashri xabar bermoqda.

Fransiya biznes olamida 30 yillik tajribaga ega va hayotining muayyan qismini Marselda o‘tkazgan Rishar ushbu lavozimda Pablo Longoriyani almashtiradi. Fransiyalik mutaxassis o‘z vazifasini bajarishga shu yilning iyul oyidan kirishadi.

«Marselga ijro hokimiyati sohasida tajribaga ega kuchli yetakchi kerak — ayniqsa, fransuz futbolida muammolar ko‘paygan hozirgi vaqtda», — dedi Makkort juma kuni ertalab o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Klubning yangi prezidenti allaqachon bayonot berishga ulgurdi: u klub va muxlislar o‘rtasidagi keskin munosabatlarni yumshatish niyatida ekanligini ta’kidladi.

Hozirda «Marsel» Fransiya chempionati turnir jadvalida 28 o‘yindan so‘ng 49 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 16:41, 10.04.2026.
O'qildi: 425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик