Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Monako»ning Ansu Fati bo‘yicha rejalari ma’lum bo‘ldi

«Monako»ning Ansu Fati bo‘yicha rejalari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Monako»da ijara asosida to‘p surayotgan hujumchi Ansu Fati mavsum yakunlanganidan keyin «Barselona»ga qaytmasligi mumkin.

Liga 1 klubi 23 yoshli futbolchini «ko‘k-anorranglilar»dan joriy mavsum oxirigacha ijaraga olgan edi. Topskills Sports UK nashrining xabar berishicha, monegasklar rahbariyati Fatining transferini to‘liq sotib olish niyatida. Shartnomada ko‘rsatilgan 11 million yevrolik sotib olish bandi katta ehtimol bilan faollashtiriladi.

Ansu Fati joriy mavsumda «Monako» safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ta’kidlash joizki, ispaniyalik futbolchi bor-yo‘g‘i o‘nta uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan.

Kiritildi: 12:33, 11.04.2026.
O'qildi: 1135 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик