Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Yuriy Syomin: «Qanday qilib RPL klublari Abduqodir Husanovni ko‘rmay qolishgan?»

Yuriy Syomin: «Qanday qilib RPL klublari Abduqodir Husanovni ko‘rmay qolishgan?»

Baho:
+ | -

Rossiyalik taniqli murabbiy Yuriy Syomin "Sport ekspress" nashriga bergan intervyusida O‘zbekiston milliy jamoasi va Abduqodir Husanov haqidagi savollarga javob berdi.

— Agar O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati oldidan murabbiy almashtirayotganda Fabio Kannavaro o‘rniga sizni taklif qilganida — rozi bo‘larmidingiz? Tavakkal qilarmidingiz?

— Nega endi yo‘q? Albatta, rozi bo‘lardim! Men o‘zbeklarga muxlislik qilaman. Ular bizning eng yaqin qo‘shnilarimiz va do‘stlarimiz. Ular jahon chempionatlarida debyut qiladi va guruhdan chiqish ular uchun katta yutuq bo‘ladi. Bu qiyin, ammo mumkin. Buni ko‘rish uchun Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"da qanday o‘ynayotganiga qarashning o‘zi yetarli.

Bu men uchun to‘liq kashfiyot bo‘ldi! Axir u darhol “Siti”ga kelib qolmagan. Avval O‘zbekistonda o‘ynagan, keyin Belarusga o‘tgan, u yerdan Fransiyaga, keyin esa Angliyaga yo‘l olgan. Shunda savol tug‘iladi: bizning seleksionerlar qayerda edi? Qanday qilib bunday futbolchini ko‘rmay qolish mumkin? Futbolchi va o‘yinni ko‘ra bilish kerak-da!

Pep Gvardiola esa bu olmosni ko‘ra oldi va uni jamoasiga oldi. Husanov markaziy himoyada ham, qanotda ham sifatni yo‘qotmasdan o‘ynay oladi — bu juda kam uchraydigan holat. U juda yosh bo‘lishiga qaramay, bunday darajadagi murabbiy unga eng muhim o‘yinlarda ishonch bildirmoqda. Bu esa "Manchester Siti"dek jamoada — to‘lgan tribunalar, kuchli raqiblar, katta bosim sharoitida sodir bo‘lyapti!

— Husanovni “Siti”da ikki marta oy futbolchisi deb tan olishdi.

— Ana ko‘rdingizmi — zo‘r yigit! Lekin eng muhimi — uni ko‘ra bilish edi. Qaysi mamlakatdan ekaniga qaramay. Qanday qilib u bizning liga orqali o‘tmay ketdi? Menimcha, agar uni O‘zbekistondan RPL klublaridan biri chaqirganida, albatta borgan bo‘lardi. Ammo uni ko‘rishmadi — muammo ham shunda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:10, 12.04.2026.
O'qildi: 1603 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик