Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Richchi: «Muammo taktikada emas — biz o‘zimizga o‘xshamadik»

Richchi: «Muammo taktikada emas — biz o‘zimizga o‘xshamadik»

Baho:
+ | -

«Milan» A Seriyasining navbatdagi turida o‘z maydonida kutilmaganda «Udineze»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mehmonlar tanaffusga qadar ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi, ikkinchi bo‘limda esa hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi. Massimiliano Allegri jamoasi ushbu gollarga javob qaytara olmadi.

«Taktik sxemaning o‘zgarishi haqida ko‘p gapirildi, ammo bunday holat yuz berganda muammo rasmda emas. Biz ham, muxlislarimiz kabi, juda xafamiz va g‘azabdamiz.

Biz bu mavsumda shunchaki ochko to‘plaganimiz yo‘q — bizda yetarlicha mahorat bor. Lekin hozirgidek qiyin damlarda xarakter ko‘rsatish, jipslashish va xatolarni tuzatish muhim. Bugun biz o‘z-o‘zimizga o‘xshamadik», — deya «rossonerilar» yarim himoyachisi Samuele Richchining so‘zlarini keltirmoqda TMW.

«Milan» 63 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa bittadan zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan «Napoli» (65) va «Inter»dan (72) ortda qolmoqda.

Kiritildi: 08:47, 12.04.2026.
O'qildi: 604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик