Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Kompani: «Goreska rekordni hujumchilardan tortib oldi»

Kompani: «Goreska rekordni hujumchilardan tortib oldi»

Baho:
+ | -

Oradan 54 yil o‘tib, Bundesligada gollar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi — 2025/2026 yilgi mavsumdagi «Bavariya» hozirgacha 105 ta gol urib, o‘zining 1971/1972 yilgi mavsumdagi natijasini (101 ta gol) yaxshiladi.

Rekordni yangilagan 102-gol muallifi «Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goreska bo‘ldi. O‘yindan so‘ng myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani aynan Goreska tarixiy golni urgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Ushbu rekordni yangilab, uni hujumchilarimizdan tortib olgani Goreska uchun xos bo‘lgan holat, chunki u doim o‘ziga ishonadi. U men uchun yosh futbolchilarga ajoyib o‘rnakdir», — dedi Kompani o‘yindan keyingi intervyusida.

«Bavariya» navbatdagi uchrashuvini 15 aprel kuni o‘z maydonida Chempionlar ligasi doirasida «Real»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 09:13, 12.04.2026.
O'qildi: 483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик