Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Fernandesh Keynning «Bavariya»ga o‘tish qarorini to‘g‘ri deb hisoblaydi

Fernandesh Keynning «Bavariya»ga o‘tish qarorini to‘g‘ri deb hisoblaydi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi va sardori Brunu Fernandesh hujumchi Xarri Keynning «Tottenxem»dan «Bavariya»ga o‘tish qaroriga baho berdi.

«Agar u «Tottenxem»da yana bir yoki ikki mavsum qolganida, Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan bo‘lardi. U afsonaga aylanarmidi yoki yo‘qmi? Albatta, aylanardi.

U «Bavariya»ga o‘tishga qaror qildi va bu to‘g‘ri qaror, chunki u sovrinlar yutish uchun katta imkoniyati borligini biladi. Hozir biz «Tottenxem»dagi kabi ko‘p gol urayotgan Keyn haqida gapiryapmiz, lekin endi u sovrinlar qo‘lga kiritayotgani uchun «Oltin to‘p»ni ham yutishi mumkin», — deya Fernandeshning so‘zlarini keltirmoqda The Times.

Keyn 2023 yilning yozidan buyon «Bavariya»da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 49 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 15:52, 12.04.2026.
O'qildi: 659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик