Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Mirjalol Qosimov: «Qiziqarli o‘yin kutayotgandik, shuning guvohi bo‘ldik»

Mirjalol Qosimov: «Qiziqarli o‘yin kutayotgandik, shuning guvohi bo‘ldik»

Baho:
+ | -

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing 7-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Andijon"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Albatta, qiziqarli o‘yin kutayotgandik, shuning guvohi bo‘ldik. Bir tomondan Andijonda o‘ynash oson emas. Ikkinchi tarafdan esa oson. Negaki, bu yerda futbolni yaxshi ko‘rishadi, ishqibozlari juda ko‘p. Yigitlarga shuni ta’kidlagandim va qo‘yilgan vazifani to‘g‘ri bajarishdi. Birinchi bo‘limda yaxshi harakatlanib, oxir-oqibat qilingan mehnatimizni ikkita gol bilan ko‘rdik. Ikkinchi bo‘limga keladigan bo‘lsak, oxirgi 20-25 daqiqadan keyin hisobni ushlab qolish baribir ruhan ta’sir qiladi. Bu ham oxirida pand berib qo‘yishi mumkin edi. Futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. G‘alaba qozonganimizdan xursandmiz. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

— O‘yin oxirlarida himoyachi Shahzod Toirovni ham maydonga tushirilishi hisobni saqlab qolish uchunmidi?

— Albatta. Bundan oldingi uchrashuvni ham ko‘rib chiqqandik. «Andijon» jamoasi uzun uzatmalar bilan o‘ynaydi va bo‘ydor o‘yinchilari bor. Shuning uchun oxirida uchta markaziy himoyachi bilan harakat qildik. Darvozamizga juda yaqin o‘ynashdi. Shu narsa ta’sir ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limni 20-25-daqiqasigacha yaxshi vaziyatlar bor edi, pressing ham qilinayotgandi.

— Jamoadagi yaponiyalik legionerlar oxirgi paytlarda asosiy tarkibda maydonga tushishmayapti. Buni sababi nimada?

— Bizda ikkita yapon bor. Birinchidan, rotasiya. Ari ko‘p o‘ynayotgandi. Ikkinchidan, o‘zgartirdik va ikkita tayanch yarim himoyachi bilan o‘ynadik. Bu yerda ochiq futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘riladi. Taqvim juda ham zich. Jismonan tezroq tiklanish kerak. Shu bois ham o‘yinchilarni almashtirib-almashtirib o‘ynatyapmiz, hozircha. U yog‘ini vaqt ko‘rsatadi.

Manba: @fcokmk
Kiritildi: 01:18, 13.04.2026.
O'qildi: 884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик