Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«PSJ» Dembele bilan muzokaralarni to‘xtatdi

«PSJ» Dembele bilan muzokaralarni to‘xtatdi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» klubi yaqin orada Usmon Dembele bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmayapti.

L'Equipe nashrining xabar berishicha, tomonlar muhokamalarda tanaffus qilishga qaror qilishgan. Klub hozir muzokaralar uchun qulay vaqt emas deb hisoblaydi va futbolchi ham shu fikrda. «PSJ» uchun yaqin oylardagi asosiy ustuvor vazifa — Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etish.

Shu bilan birga, manbaning qayd etishicha, Parij grandi rahbariyati futbolchi borasidagi pozisiyasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin: Chempionlar ligasining chorak finali yoki yarim finalidagi muvaffaqiyatsizlik klubni tarkibni yangilashga va yoshroq futbolchilarga e’tibor qaratishga undashi ehtimol.

Mavsumning birinchi yarmida hujumchi doimiy jarohatlardan aziyat chekdi, bu ham shubhalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. May oyida Usmon Dembele 29 yoshga to‘ladi. Agar u «PSJ»ni tark etsa, faoliyatini davom ettirishi uchun eng ehtimoliy variant Saudiya Arabistoni chempionati bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 11:11, 13.04.2026.
O'qildi: 1287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик