Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Doku «Arsenal»ga qarshi bo‘lajak bahs va chempionlik imkoniyatlari haqida gapirdi

Doku «Arsenal»ga qarshi bo‘lajak bahs va chempionlik imkoniyatlari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» futbolchisi Jeremi Doku Premyer-ligadagi chempionlik poygasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Shanba kuni «Arsenal» o‘z maydonida «Bornmut»ga imkoniyatni boy berdi (1:2). «Shaharliklar» raqobatchining xatosidan unumli foydalanishdi va bir kun o‘tib «Chelsi»ni mag‘lub etishdi (3:0). Natijada, Gvardiola shogirdlari «kanonirlar» bilan oradagi farqni 6 ochkogacha qisqartirishdi, bundan tashqari, manchesterliklarda zaxirada yana bitta o‘yin bor. Navbatdagi turda ushbu jamoalar Manchesterda o‘zaro to‘qnash kelishadi.

«Agar "Manchester Siti"ning chempionligiga ishonmasam, meni telba deb atash mumkin bo‘lardi. Menimcha, poyga ayni avjida. Oldinda bizni hal qiluvchi bahs kutmoqda. Agar "Arsenal"ni mag‘lub etsak — hammasi o‘z qo‘limizda bo‘ladi, mag‘lub bo‘lsak — taqdir "Arsenal" ixtiyoriga o‘tadi. Men chempionlik taqdirini o‘zimiz hal qilishimizni afzal ko‘rardim», — deya Dokuning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.

Xosep Gvardiola va Mikel Arteta jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs kelasi yakshanba, 19 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:43, 13.04.2026.
O'qildi: 596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик