Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

“Arsenal”ni boshqarish uchun asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi — manba

“Arsenal”ni boshqarish uchun asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi — manba

Baho:
+ | -

“Arsenal” mavsumning hal qiluvchi pallasida muvaffaqiyatsiz natijalar qayd eta boshladi. Agar Premyer Liga peshqadami mavsumni sovrinsiz yakunlasa, murabbiy Mikel Arteta iste’foga chiqarilishi mumkin.

Mavsum davomida ustunlik qilgan “kanonirlar” so‘nggi to‘rtta o‘yinning uchtasida mag‘lub bo‘ldi. Ular allaqachon Angliya Kubogidan chiqib ketdi. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, agar klub APL yoki Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kirita olmasa, Arteta yetti yillik faoliyatidan so‘ng jamoadan ketadi.

Artetaning shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi, biroq uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar haqida aniq ma’lumot mavjud emas. Manbalarning ta’kidlashicha, sovrinsiz mavsum uning maqomida “tub burilish” yasashi mumkin.

Qayd etilishicha, hozirda “Komo” klubini boshqarayotgan va “Arsenal”da futbolchi sifatida sakkiz yil to‘p tepgan Sesk Fabregas Arteta o‘rniga asosiy nomzod bo‘lib turibdi. 2010 yilgi Jahon chempioni Italiyadagi muvaffaqiyatli faoliyati va “Komo”ning jozibali o‘yin uslubi tufayli “to‘pchilar” rahbarlari orasida yuqori baholanmoqda.

Fabregasning “Komo” bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. 2025 yilda u Bundesliga vakili “Leypsig” bosh murabbiyligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi, so‘nggi xabarlar esa uning yana bir sobiq klubi — “Chelsi” ham vaziyatni kuzatib borayotganidan darak bermoqda.

“Arsenal” 15 aprel oqshomida Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida “Sporting”ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazadi. Lissabondagi birinchi o‘yinda “kanonirlar” Kay Haversning so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Agar londonliklar keyingi bosqichga yo‘l olsa, yarim finalda “Atletiko Madrid” yoki “Barselona” bilan to‘qnash keladi.

Arteta jamoasini 19 aprel kuni APL 33-turi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi chempionlik bahsi kutmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:30, 13.04.2026.
O'qildi: 1311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик