Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Superliga. “Xorazm” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” bilan jangovar durang o‘ynadi (videosharh)

Superliga. “Xorazm” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” bilan jangovar durang o‘ynadi (videosharh)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan “Xorazm” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Urganch shahridagi “Xorazm” sport kompleksida kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.

O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. 5-daqiqada maydon egalari safida harakat qilayotgan senegallik hujumchi Bubakar Traore hisobni ochdi. 24-daqiqada “Qoqon-1912”ning liberiyalik hujumchisi Silvanus Nimeli muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar bittadan gol kiritishga erishdi. 49-daqiqada Sunnatillo Hamidjonov yana “Xorazm”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 60-daqiqada mezbonlar darvozaboni to‘pni to‘xtatib qola olmadi va Hamidjonov o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi — 2:2. Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.

Ushbu natijadan so‘ng Sergey Tokov boshqaruvidagi “Xorazm” 9 ochko bilan Superliganing onlayn turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

Andrey Shipilov boshqaruvidagi “Qo‘qon-1912” esa 7 ta tur yakuniga ko‘ra 11-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 7 ochko mavjud.

“Xorazm” 18 aprel kuni 7-tur doirasida safarda “Mash’al”ga qarshi bahs olib boradi, “Qo‘qon-1912” esa 19 aprel kuni o‘z maydonida “Andijon”ni qiladi.

O‘zbekiston Superligasi, 7-tur
“Xorazm” — “Qo‘qon-1912” 2:2
Gollar: 1:0 — Traore (5), 1:1 — Nimeli (24), 2:1 — Hamidjonov (49), 2:2 — Hamidjonov (60, avtogol)

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:51, 14.04.2026.
O'qildi: 1179 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик