«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin.
Topskills Sports UK xabariga ko‘ra, «Nyukasl» portugaliyalik mutaxassisga qiziqish bildirmoqda. Mourinyo «qarg‘alar» ustozi Eddi Xauning o‘rnini egallash uchun asosiy favoritga aylandi. Katta ehtimol bilan, Xau joriy mavsum yakunida iste’foga chiqariladi.
Ta’kidlash joizki, Mourinyo hech qachon «Nyukasl»ga bo‘lgan mehrini yashirmagan va klubning sobiq bosh murabbiyi ser Bobbi Robson bilan alohida bog‘liqligi borligini tez-tez ta’kidlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyo Angliyada «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» klublarini boshqargan. U to‘rt marta Liga kubogini, uch marta Angliya Premyer-ligasini, ikki marta Angliya Superkubogini va bir marta Angliya kubogini qo‘lga kiritgan.













