Yarim himoyachi Kazemiro joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng «Manchester Yunayted»ni tark etadi. RTI ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi shu yozda «Inter Mayami»ga o‘tish borasida kelishuvga erishgan.
Havbek Amerika klubi bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Kazemironing maoshi taxminan 70 million funt sterlingni tashkil qiladi.
Kazemiro 2022 yilda «Real»dan «Manchester Yunayted»ga 70 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi «qizil iblislar» safida barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali braziliyalik o‘yinchining narxini 8 million yevroga baholamoqda.













