Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Milik yana jarohati sabab «Yuventus»ga yordam bera olmaydi

Milik yana jarohati sabab «Yuventus»ga yordam bera olmaydi

Baho:
+ | -

«Yuventus»ning polshalik hujumchisi Arkadiush Milik navbatdagi jarohatini oldi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati bayonot berdi.

Noxush voqea 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot paytida yuz bergan. Shifokorlar futbolchining o‘ng oyoq son qismidagi ikki boshli mushak cho‘zilganini aniqlashgan. «Tiklanish uchun aniq muddatlarni belgilash maqsadida taxminan 10 kundan keyin qo‘shimcha ko‘riklar o‘tkazish rejalashtirilgan», — deyiladi klub bayonotida.

32 yoshli hujumchi deyarli 2 yildan beri surunkali jarohatlar bilan kurashmoqda, bu esa unga to‘liq kuch bilan o‘ynashga xalaqit bermoqda. Ushbu mavsumda u bor-yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 34 daqiqa harakat qilgan, xolos. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Milik 4–5 haftani o‘tkazib yuboradi.

Kiritildi: 20:10, 15.04.2026.
O'qildi: 304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик