«Liverpul» hujumchisi Ugo Ekitike seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga qarshi kechgan bahsda jiddiy jarohat oldi. Matbuotda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi 2026 yil yakuniga qadar maydonga tusha olmaydi — uning tiklanishi taxminan to‘qqiz oy davom etishi mumkin.
Fransiya terma jamoasidagi sherigining jarohatiga Kilian Mbappe ham munosabat bildirdi. U ijtimoiy tarmoqlarda Ekitikening maydonda og‘riqdan qiynalib yotgan suratini joylashtirdi. Kilian Ugoning sahifasini belgilab, unga o‘z daldasini ifodalovchi bir nechta Emodzilarni qo‘shib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» o‘z maydonida «PSJ»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, Chempionlar ligasini tark etdi.













