Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

OKMK o‘z stadioniga qaytmoqda, «So‘g‘diyona» mavsumning qolgan uy uchrashuvlarini Zominda qabul qiladi

OKMK o‘z stadioniga qaytmoqda, «So‘g‘diyona» mavsumning qolgan uy uchrashuvlarini Zominda qabul qiladi

Baho:
+ | -

Joriy mavsum startda Superliganing bir qator jamoalari o‘z uy stadionlarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirmoqda va bu musobaqa taqvimini shakllantirishda bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Liga klublarning o‘z maydoni yoki unga yaqin hududda uchrashuv o‘tkazishi jamoa va muxlislar uchun qulayligini anglasa-da, Superliga bahslarini tegishli reglament va yo‘riqnomalar talablariga javob beradigan stadionlarda o‘tkazilishini ta’minlashni o‘zining birlamchi vazifalaridan deb biladi.

«So‘g‘diyona» klubi o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan Jizzaxdagi markaziy stadion hozirda kapital ta’mirdan chiqarilmoqda. O‘tgan yil yakunida klub asosiy stadionini rekonstruksiya qilish ishlari boshlanganligi sababli, Liga istisno tariqasida «So‘g‘diyona»ga mavsumning so‘nggi ikki turini Zomindagi stadionda o‘tkazishga ruxsat bergan edi.

Jizzax shahridagi stadion ta’mirlana boshlaganidan so‘ng, klub Zomin stadionini Superliga talablariga moslashtirish ishlarini boshladi. O‘tgan davr mobaynida stadion chimi yetarli darajada parvarish qilinib, Superliga standartlariga keltirildi. Bundan tashqari, stadionga yoritish tizimi o‘rnatildi. Hozirda esa VAR tizimini joriy etish ishlari yakuniy bosqichga yetib kelgan.

Olmaliq sport majmuasidagi maydon chimi esa o‘tgan mavsum oxiriga kelib futbol o‘ynash uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. OKMK klubi mavsum yakunlangach, o‘z uy stadionidagi maydon holatini yaxshilash ishlarini boshladi. Biroq, joriy mavsum boshlanishiga qadar maydon uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor holatga keltirilmadi.

Shu sababli, mavsumning 7-turigacha OKMK o‘z uy o‘yinlarini Olimpiya shaharchasidagi stadionda o‘tkazdi. Aprel oyi boshida Liga ishchi guruhi Olmaliq stadionini ko‘zdan kechirib, maydon holati belgilangan talab darajasiga keltirilganiga guvoh bo‘ldi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, OKMK va «So‘g‘diyona» klublari 8-tur doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlarni mos ravishda Olmaliq va Zomindagi stadionlarda o‘tkazadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:04, 16.04.2026.
O'qildi: 812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик