Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" joriy mavsumda bir statistika bo‘yicha YECHLda peshqadam

"Real" joriy mavsumda bir statistika bo‘yicha YECHLda peshqadam

Baho:
+ | -

«Real» futbolchilari Chempionlar ligasining joriy mavsumida beshta qizil kartochka olishdi.

Madridliklar chorak finalning javob uchrashuvida «Bavariya»dan mag‘lubiyatga uchrab (3:4, birinchi o‘yin – 1:2), musobaqani tark etdi.

Ushbu o‘yinda «qaymoqranglilar»ning ikki futbolchisi maydondan chetlatildi: Eduardo Kamavinga Harri Keynga nisbatan ishlatilgan foldan so‘ng to‘pni raqibga bermagani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi, Arda Gyuler esa final hushtagidan keyin hakam bilan bahslashgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolandi.

Bundan avvalroq, ushbu mavsumda Daniel Karvaxal umumiy bosqich doirasidagi «Marsel» (2:1) bilan o‘yinda, Raul Asensio va Rodrigo esa «Benfika»ga (2:4) qarshi bahsda qizil kartochka olgan edi.

Beshta chetlatish — bu Chempionlar ligasining joriy mavsumida ishtirok etayotgan jamoalar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Kiritildi: 18:09, 16.04.2026.
O'qildi: 806 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик