«Real Madrid» joriy mavsumni sovrinlarsiz yakunlash xavfi ostida qolgach, yangi murabbiy izlashga tushdi. Jamoa Chempionlar ligasini tark etdi, La Ligada esa «Barselona»dan 9 ochko ortda qolmoqda.
The Touchline nashrining El Mundoga tayanib xabar berishicha, madridliklar nomzodlar ro‘yxatiga Joze Mourinyuni ham kiritishgan.
Mourinyu 2010–2013 yillarda «Real»ni boshqarib, Ispaniya chempionligi, Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. Florentino Peres hali ham portugaliyalik mutaxassisning qobiliyatini yuqori baholaydi. Joze ayni damda Portugaliyaning «Benfika» klubini boshqarmoqda.
Agar bu qaytish amalga oshsa, Madridda yana «Special One» davri boshlanishi mumkin.













