Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«Milan»da Allegri ketsa, jamoani kim boshqarishi mumkinligi aytildi

«Milan»da Allegri ketsa, jamoani kim boshqarishi mumkinligi aytildi

Baho:
+ | -

Massimiliano Allegri Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Corriere dello Sport nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Italiya futbol federasiyasining yangi prezidenti saylanganidan so‘ng, hozirda «Milan»ni boshqarib turgan mutaxassis milliy jamoaga taklif etilishi mumkin. Nashrda yozilishicha, agar bu amalga oshsa, Allegri bundan mamnun bo‘lishi aytilgan.

Shuningdek, Massimiliano nomzodini «Napoli» klubi ham ko‘rib chiqmoqda. Agar Antonio Konte terma jamoaga ishga o‘tib ketsa, «partenopeylar» prezidenti Aurelio De Laurentis uning o‘rniga tajribali va sovrindor murabbiyni taklif qilishni afzal ko‘radi.

«Milan» esa o‘z navbatida bosh murabbiylik lavozimiga Vinchenso Italyano («Bolonya»), sport direktori lavozimiga esa Toni D’Amikoni («Atalanta») taklif qilishdan manfaatdor.

Kiritildi: 23:33, 16.04.2026.
O'qildi: 1079 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик