Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gordonning Londonga ko‘chish istagi «Arsenal»ga transferda yordam beradi

Gordonning Londonga ko‘chish istagi «Arsenal»ga transferda yordam beradi

Baho:
+ | -

Jurnalist Saymon Kollinz ijtimoiy tarmoqlarda «Nyukasl» vingeri Entoni Gordon uchun kechadigan ehtimoliy transfer kurashida Londonning «Arsenal» klubi ega bo‘lgan ustunlikni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, angliyalik futbolchi keyingi hayoti uchun boshqa har qanday shahardan ko‘ra «Arsenal» joylashgan Londonga ko‘chib o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Shunga qaramay, «Arsenal»ning qisqa ro‘yxatida (short-list) boshqa nomlar ham bor, chunki klub aynan chap qanot hujumini kuchaytirish variantlarini izlamoqda.

Gordon 25 yoshda bo‘lib, u «Everton» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2023 yildan buyon vinger «Nyukasl» sharafini himoya qilib kelmoqda. Katta ehtimol bilan, yozda «hakkalar» uni sotib yuborishadi.

Kiritildi: 08:40, 17.04.2026.
O'qildi: 757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик