Kirish Ro'yxatdan o'tish

Modrich «Milan» bilan shartnomani uzaytirish uchun ikkita muhim shart qo‘ydi

Modrich «Milan» bilan shartnomani uzaytirish uchun ikkita muhim shart qo‘ydi

Baho:
+ | -

Markaziy yarim himoyachi Luka Modrichning «Milan» bilan amaldagi mehnat shartnomasi shu yilning iyun oyida nihoyasiga yetadi. Sky Sport Italia jurnalisti Peppe di Stefano xorvatiyalik futbolchining italyan klubi bilan hamkorlikni davom ettirishga rozi bo‘lishi uchun ikkita asosiy shartni ma’lum qildi.

Manbaning xabariga ko‘ra, 40 yoshli Modrich uchun Chempionlar ligasida ishtirok etish juda muhim — hozirda «Milan» ushbu musobaqa yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Bundan tashqari, yarim himoyachi Massimiliano Allegri qo‘l ostida o‘ynashni istaydi. Agar mutaxassis klubni tark etsa, rahbariyatda Modrich bilan shartnomani uzaytirish borasida muammolar yuzaga kelishi mumkin.

«Real»ning sobiq a’zosi «Milan» safiga 2025 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda u 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 22:31, 17.04.2026.
O'qildi: 782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик