Kirish Ro'yxatdan o'tish

Desayi: "Mbappe "Real"ga o‘tib, o‘z orzusini amalga oshirdi"

Desayi: "Mbappe "Real"ga o‘tib, o‘z orzusini amalga oshirdi"

Baho:
+ | -

O‘tmishning mashhur fransuz futbolchisi Marsel Desayi hamyurti Kilian Mbappening faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Markaziy hujumchi 2024 yildan beri Madridning «Real» klubida to‘p surib kelmoqda. U ushbu jamoaga Fransiyaning «PSJ» klubidan o‘tgan edi.

«O‘ylaymanki, u "Real"ga o‘tib, o‘z orzusini amalga oshirdi. "PSJ"dan ketganidan keyingi boshlanish davri fantastik bo‘ldi — barcha musobaqalarda 44 ta gol, bu shunchaki aql bovar qilmaydigan natija. Keyingi yili ham u "Real"da yuqori saviyada o‘yin namoyish etdi», — dedi Desayi.

Joriy mavsumda Mbappe «qirollik klubi» safida 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 40 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 22:40, 17.04.2026.
O'qildi: 864 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик