Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina 2-0 Avstriya
23/06 02:00 Fransiya 1-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar

Mateta «Kristal Pelas» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi

Mateta «Kristal Pelas» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

Jan-Filipp Matetaning «Kristal Pelas»dagi kelajagi futbolchi yangi shartnoma imzolashni rad etganidan so‘ng mavhum bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Mateta jamoada qolish taklifini rad etgach, «Kristal Pelas» rahbariyati muzokaralarni qayta boshlashga unchalik ishtiyoq bildirmayapti. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi hujumchisi (3 o‘yin, 2 gol) o‘tgan qishda «Milan»ga o‘tishga juda yaqin kelgandi, biroq tizzasidagi muammolar sababli transfer amalga oshmay qolgandi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng «Lion» akademiyasi bitiruvchisi mart oyi o‘rtalarida maydonga qaytdi va aprelda yana gol urishni boshladi.

Ushbu futbolchi mavsum davomida o‘tkazilgan 40 ta o‘yinda 13 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali Matetaning qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:16, 18.04.2026.
O'qildi: 505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик