Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

«Real» «PSJ»ni mag‘lub etib, UYEFA Yoshlar ligasi finaliga yo‘l oldi

«Real» «PSJ»ni mag‘lub etib, UYEFA Yoshlar ligasi finaliga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi UEFA Yoshlar ligasi joriy mavsumining ikkinchi finalchisiga aylandi. Yarim final uchrashuvida Alvaro Lopes shogirdlari penaltilar seriyasida «PSJ»dan ustun kelishdi — 5:4.

O‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. 29-daqiqada parijliklar a’zosi Elayja Li hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqada Liberto Navaskaues muvozanatni tikladi. «Qaymoqranglilar» darvozaboni Xavyer Navarroning o‘yinini alohida ta’kidlab o‘tish joiz, u o‘yindan keyingi 11 metrlik zarbalar seriyasida 3 ta zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Turnirning birinchi finalchisi Belgiyaning «Bryugge» jamoasi bo‘lgandi. Ular «Benfika»ni 3:1 hisobida mag‘lub etishgan. Final uchrashuvi 20 aprel kuni Lozannadagi stadionda bo‘lib o‘tadi. «Real» o‘z tarixida ikkinchi bor finalda o‘ynaydi (ilk bor 2020 yilda chiqqan va chempion bo‘lgan). «Bryugge» esa finalga ilk bor yetib keldi.

Kiritildi: 12:42, 18.04.2026.
O'qildi: 1291 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик