Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina 2-0 Avstriya
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar

"Barsa" Kanselu bo‘yicha qaror qabul qildi

"Barsa" Kanselu bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

«Barselona» huquqlari «Al-Hilol»ga tegishli bo‘lgan himoyachi Joau Kanseluni o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi. Jurnalist Ferran Martinesning xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchini sotib olish imkoniyati (opsiyasi) 15 million yevroni tashkil etadi, biroq Kataloniya klubi o‘yinchini tekinga qo‘lga kiritishni yoki yana bir mavsumga ijaraga olishni afzal ko‘rmoqda.

O‘z navbatida, «Al-Hilol» kiritgan investisiyalarining bir qismini qaytarib olmoqchi va kelishuvga Mark Kasadoni qo‘shishga tayyor bo‘lishi mumkin. Joau Kanselu 2024 yilda «Manchester Siti»dan «Al-Hilol»ga 25 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda himoyachi «Barselona» safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:57, 18.04.2026.
O'qildi: 962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик