Kirish Ro'yxatdan o'tish

Peti faoliyatidagi eng katta xatosini aytdi

Peti faoliyatidagi eng katta xatosini aytdi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Emmanuel Peti o‘z vaqtida «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin bo‘lgani haqida gapirib berdi.

«Ser Aleks Fergyuson men bilan shartnoma imzolashni kutayotgan bir paytda, men Londondagi ijtimoiy hayotni afzal ko‘rganman. Rafiqam Manchesterga ko‘chib o‘tishni istamagan edi. O‘zimdan juda g‘azabdaman — o‘shanda o‘z qarorimda qat’iy turishim kerak edi», — deya Petining so‘zlarini Manchester United Forever nashri keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Emmanuel Peti o‘z faoliyati davomida «Monako», «Arsenal», «Barselona» va «Chelsi» klublarida to‘p surgan. Fransiya terma jamoasi tarkibida u 63 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. Peti 1998 yilgi Jahon chempioni va 2000 yilgi Yevropa chempioni hisoblanadi.

Kiritildi: 22:10, 18.04.2026.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик