Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

APL. «Chelsi»ning qulashi davom etmoqda: «Manchester Yunayted» Londondan g‘alaba bilan qaytdi (Videosharh)

APL. «Chelsi»ning qulashi davom etmoqda: «Manchester Yunayted» Londondan g‘alaba bilan qaytdi (Videosharh)

Baho:
+ | -1

«Manchester Yunayted» Angliya chempionatining 33-turi doirasida safarda «Chelsi»ni mag‘lubiyatga uchratdi — 1:0.

Uchrashuvning 43-daqiqasida Mateus Kunya gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Unga Brunu Fernandesh assistentlik qildi. Bu portugaliyalik futbolchi uchun APL-2025/26 mavsumidagi 18-golli uzatma bo‘ldi. Tyerri Anri va Kevin de Breynega tegishli bo‘lgan rekordni takrorlashi uchun Fernandeshga yana ikkita golli pas kerak bo‘ladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Yunayted» 58 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Chelsi» esa ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Londonliklar 48 ochko bilan oltinchi pog‘onada bormoqda.

«CHELSI» — «MANCHESTER YUNAYTED» — 0:1

Gol: Mateus Kunya 43 (0:1).

«Chelsi»: Sanches, Xato, Fofana (Chaloba, 81), Kukurelya, Gyusto (Achimpong, 81), Fernandes (Lavia, 88), Kaysedo, Palmer, Pedru Netu, Estevan (Garnacho, 16), Delap.

«Manchester Yunayted»: Lammens, Mazraui, Xeven, Shou, Dalot, Kazemiru, Maynu, Brunu Fernandesh, Kunya (Maunt, 81), Mbemo (Zirkze, 87), Sheshko (Diallo, 80).

Ogohlantirishlar: Xato (39) — Kunya (25), Maunt (90), Maynu (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:27, 19.04.2026.
O'qildi: 1628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик