Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Real» Kamavinganing chetlatilishi sabab UEFA bilan ziddiyatga bormoqchi emas

«Real» Kamavinganing chetlatilishi sabab UEFA bilan ziddiyatga bormoqchi emas

Baho:
+ | -

«Real Madrid» Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Bavariya»ga qarshi kechgan javob uchrashuvidan (3:4) so‘ng UEFA bilan munosabatlarni keskinlashtirish niyatida emas.

O‘yinning 86-daqiqasida madridliklar yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga raqib maydonida Xarri Keynga nisbatan fol ishlatdi va hushtakdan so‘ng to‘pni raqibga bermadi. Ushbu harakati uchun uchrashuv bosh hakami Slavko Vinchich unga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, maydondan chetlatdi.

Marca nashrining yozishicha, Madrid klubi fransuz futbolchisining chetlatilishini hal qiluvchi pallada hakam tomonidan yo‘l qo‘yilgan alohida xato deb hisoblaydi. Klub UEFA bilan aloqalarni yomonlashtirmoqchi emas.

20 aprel kuni «Real» va «Bryugge» jamoalari o‘rtasida UEFA Yoshlar ligasi finali bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlanishicha, ushbu o‘yinda Madrid klubi delegasiyasi vakillari va UEFA prezidenti Aleksander Cheferin uchrashishi mumkin.

Kiritildi: 08:15, 19.04.2026.
O'qildi: 629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик