Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Kaysedo "Chelsi" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash uchun "Real" taklifini rad etdi

Kaysedo "Chelsi" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash uchun "Real" taklifini rad etdi

Baho:
+2 | -

"Chelsi" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo "ko‘klar" bilan uzoq muddatli shartnoma tuzish maqsadida Madridning "Real" klubi va boshqa jamoalarning taklifini rad etdi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

17 aprel kuni "Chelsi" ekvadorlik futbolchi bilan mehnat shartnomasini 2033 yilgacha uzaytirganini e’lon qilgan edi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Kaysedoga shuningdek "PSJ" va "Bavariya" klublari ham qiziqish bildirgan. 24 yoshli yarim himoyachining yangi shartnomaga ko‘ra maoshi haftasiga 200 ming funtni (230 ming yevro) tashkil etadi.

Kaysedo 2023 yilning yozida "Brayton"dan "Chelsi"ga o‘tgan edi. O‘tgan davr mobaynida ekvadorlik futbolchi barcha turnirlarda 141 ta o‘yinda ishtirok etib, sakkizta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 110 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 15:52, 19.04.2026.
O'qildi: 1401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик