Kirish Ro'yxatdan o'tish

Van Deyk: «Qolgan barcha o‘yinlar derbidek o‘tadi»

Van Deyk: «Qolgan barcha o‘yinlar derbidek o‘tadi»

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik himoyachi Virjil van Deyk «Everton»ga qarshi bahsning so‘nggi soniyalarida g‘alaba golini urib, «Liverpul»ga muhim uchrashuvda zafar keltirdi. O‘yindan so‘ng u ingliz jurnalistlariga bergan intervyusida ushbu muvaffaqiyatga izoh berdi.

«Bu gol Chempionlar ligasi hududi uchun kurashda biz uchun juda muhim. Oldimizda yana beshta o‘yin bor va ularning har biri xuddi bugungi derbidek o‘tadi. Ammo umuman olganda, tan olishim kerak, bu mavsumdagi natijalarimiz kutilganidan past bo‘lmoqda. Biz mavjud vaziyatdan maksimal darajada foydalanishimiz kerak», — deya van Deykning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC Sport.

«Liverpul» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 20:44, 19.04.2026.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик